Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-fevraldagi “Ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi IIV hamda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi rayosati tomonidan qoʻshma qaror qabul qilingan. 

Mazkur qoʻshma qarorga asosan ichki ishlar organlarining terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan xodimlarning oila aʼzolariga yoki ushbu holatlarda olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan xodimlarga Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tasarrufiga kiruvchi sihatgohlarga bepul yoʻllanmalar ajratish belgilab berilgan.

Shu asosda Samarqand viloyati IIB YHXB rahbar-xodimlari hamda ichki ishlar xodimlari birlashgan kasaba uyushma qoʻmitasi masʼullari 2010-yil xizmat vazifasini bajarish chogʻida halok boʻlgan serjant Suxrobbek Qulmuratov yashagan xonadonda boʻlib, uning oila aʼzolari holidan xabar olishdi. 

Doʻstona va samimiy suhbatdan soʻng marhum YPX xodimi serjant Suxrobbek Qulmuratovning otasi Abdugʻani Qulmuratovga salomatligini tiklash uchun “Chortoq” sanatoriyasiga yoʻllanma berildi.

Oʻz hayoti va sogʻligʻini ayamay terrorizm va jinoyatchilikka munosib qarshilik koʻrsatgan, xizmat vazifalarini bajarish chogʻida jasorat namoyon etgan xodimlar shaʼniga duolar oʻqildi.