Navoiy viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tarkibida "Obod va xavfsiz mahalla" tezkor shtabi faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Shu munosabati bilan Navoiy viloyatida "Ijtimoiy profilaktika kuni" doirasida yigʻilish oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari K.Tursunov, viloyat IIB boshligʻining oʻrinbosari, polkovnik U. Adizov, JXX xodimlari hamda boshqa tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi. Tadbirda mahallalarning xavfsizligini taʼminlash, ularni obod va jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish boʻyicha vazifalar belgilanib, mutassaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

Mahliyo MIRZAYEVA,

podpolkovnik.