Bundan ikki yil muqaddam (2021 yilning 20 may kunidan 21 mayga oʻtar kechasi) nomaʼlum shaxs Romitan tumani “Baxtiyorchi” mahallasi Yangiobod choʻl massivida yashovchi B.S.ga tegishli boʻlgan bahosi 10 million soʻmlik bir bosh qoramolini oʻgʻirlab ketgan edi. Oʻshanda oʻgʻrilik holat boʻyicha Jkning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, bir qator kechiktirib boʻlmas tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari olib borilgan edi. Ammo oʻsha vaqtda jinoyatni fosh etish boʻyicha biror bir ijobiy natijalarga erishilmagan.
Olingan tezkor maʼlumot asosida toʻxtatib qoʻyilgan mazkur jinoyat ishi qayta tiklandi. Tergov-surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni tumanning “Bogʻcha” mahallasida yashovchi, 1981 yilda tugʻilgan S.S. ismli shaxs sodir qilganligi aniqlandi. Hozirgi kunda uning boshqa xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
