“Huquqbuzarliklar proflaktikasi kuni” munosabati bilan IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli Qarshi shahridagi 7533-harbiy qismda ham doimiy tarzda proflaktik tadbirlar oʻtkazilib kelinmoqda. Jumladan, yaqinda “Giyohvandlik va psixotrop moddalarning inson organizmiga salbiy taʼsiriʼʼ mavzusida tashkil etilgan davra suhbati ham fikrimiz tasdigʻidir.

Tadbirda soʻz olganlar mazkur illat nafaqat inson, balki, jamiyat hayotiga ham rahna solishi, shu boisdan, unga qarshi bir yoqadan bosh chiqarib kurashish lozimligi toʻgʻrisida oʻzining fikr-mulohazalarini bildirish bilan birga, uning huquqiy oqibatlariga ham alohida toʻxtalib oʻtishdi.

 Shuningdek, muhim masalaga bagʻishlangan ushbu tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob qaytarildi.

Azamat XOLMATOV,

harbiy qism komandirining madaniyat va maʼrifat ishlari

boʻyicha maslahatchisi.