Kuni kecha IIV Malaka oshirish institutining masʼul xodimlari, tinglovchilari hamda respublika “Istiqbolli avlod” ijtimoiy axborot markazi boshqaruvi raisining oʻrinbosari Sh. Qosimova ishtirokida “Odam savdosiga qarshimiz!” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Uni oʻtkazishdan koʻzlangan asosiy maqsad ham mazkur jinoyatning sodir etilish sabablari, unga imkon beruvchi shart-sharoitlar hamda milliy va xorijiy tajribalarni oʻrganishdan iboratdir.
Tadbirni ushbu taʼlim muassasasi boshligʻi, texnika fanlari nomzodi, dosent, polkovnik Olimjon Axmedov ochib, mamlakatimizda odam savdosining oldini olish va unga qarshi kurashish borasida davlatimiz tomonidan bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilayotganligini taʼkidladi.
Shuningdek, institut professor-oʻqituvchilari va tinglovchilar ham bu jirkanch illatni jilovlash yoʻlida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilayotgan keng koʻlamli saʼy-harakatlar toʻgʻrisida oʻzlarining fikr-mulohazalarini bildirib oʻtishdi.
Mixli SAFAROV,
“Postda” muxbiri.