IIV taʼlim muassasalarida
IIV Malaka oshirish institutida «Jamoat xavfsizligini taʼminlashning konstitutsiyaviy – huquqiy kafolatlari» mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi boʻlib oʻtdi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar jarayonida xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada rivojlantirish hamda ushbu sohadagi davlat siyosatining istiqbolli yoʻnalishlarini belgilash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining jamoat xavfsizligi kontseptsiyasi hamda
2022-2025 yillarda jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimini rivojlantirish strategiyasi izchil amalga oshirilmoqda.
IIV Malaka oshirish institutining “Yuridik fanlar” kafedrasi tomonidan oʻtkazilgan konferentsiyada Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi, Ichki ishlar, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirliklari, IIV Akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuratura Akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi, Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi shuningdek, qator oliy taʼlim muassasalari vakillari ishtirok etdi.
Anjumanni IIV Malaka oshirish instituti boshligʻining birinchi oʻrinbosari, polkovnik U.Rasulev ochdi. Ilmiy-amaliy konferentsiyada dastavval IIV Malaka oshirish instituti va Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudi oʻrtasida Memorandum imzolandi. Soʻngra ishtirokchilarning mavzuga doir maʼruzalari tinglandi.
Soha vakillari va mutaxassislarning fikr-mulohazalari asosida bir qator taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqilib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
IIV Malaka oshirish instituti matbuot xizmati.