Kuni kecha IIV huzuridagi JIED birinchi mintaqaviy hudud 23-son mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonada maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Unda kasalxona boshligʻi, podpolkovnik Ubaydulla Norqulov mamlakatimizda Prezidentimiz tomonidan inson qadrini ulugʻlash, haq-huquqlarini taʼminlash, aholining muammolarini bartaraf etish borasida islohotlar olib borilayotganini taʼkidladi. Shuningdek, 2023-yil davomida oʻzi rahbarlik qilayotgan kasalxonada amalga oshirilgan ishlar, kelgusidagi rejalar xususida batafsil toʻxtalib oʻtdi.

Tadbir soʻngida bir guruh xodimlarga navbatdagi maxsus unvonlar topshirildi, xizmatda, sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishgan xodimlar kasalxona boshligʻi tomonidan taqdirlandi.

Sarvar SOBIROV,

oʻz muxbirimiz.

Тошкент шаҳри.