Viloyat IIB boshligʻi, polkovnik M.Miralimov Gʻijduvon tumanidagi aholining ishsiz qatlami bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni mahallalarga chiqib oʻrganib, targʻibot va tashviqot tadbirlarini oʻtkazdi. Unda mahallalar beshlik vakillari, nuroniy onaxon va otaxonlar, mahalla faollari, koʻcha vakillari, otinoyilar hamda ishsiz fuqarolar ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida mahalla faollariga hududlardagi ishsiz fuqarolarni viloyatimizda davom etayotgan paxta yigʻim-terim mavsumiga jalb qilish orqali ularning bandligini taʼminlash, shu orqali daromadli qilish kerakligi borasida tavsiyalar berdi.

T.ASHUROV,

mayor.

Buxoro viloyati.