Shu kunlarda IIV Akademiyasining malakali professor oʻqituvchilaridan iborat ishchi guruh “Sayyor – Akademiya” dasturi boʻyicha Fargʻonada ish olib bormoqda.

Ular hududlarda boʻlib, profilaktika inspektorlari, tezkor vakil hamda tergovchilarning kasbiy bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida sayyor oʻquv va seminar-teringlar tashkil etmoqda. Jumladan, Margʻilon shahar, Toshloq, Buvayda hamda Uchkoʻprik tumani IIB xodimlari bilan oʻtkazilgan ana shunday tadbirlar gʻoyat mazmunli kechdi.

Fargʻona shahar IIOFMBda boʻlib oʻtgan mashgʻulot esa soha xodimlarining bilim va koʻnikmalarini yanada mustahkamlashda muhim omil boʻlib xizmat qildi.

Nazariy bilimlarni amaliyot bilan uygʻunlashtirish maqsadida oʻtkazilayotgan bu mashgʻulotlar IIV Fargʻona akademik liseyida ham yuqori saviyada tashkil etildi.

Abduvosit SIDIQOV,

 oʻz muxbirimiz.