Yaqinda Buxoro viloyati hokimligi va Yoshlar ishlari agentligi boshqarmasi tomonidan tashkillashtirilgan “Zakovat” intellektual oʻyini boʻyicha Respublika ochiq turnirida IIV Samarqand akademik liseyi maxsus fanlar kafedrasi katta oʻqituvchisi Bekzod Sharipov sardorligidagi “IIV Samarqand AL” jamoasi munosib ishtirok etdi. 

Turnir Buxoro shahrining qadimiy hamda tarixiy diqqatga sazovor joylaridan biri “Poyi Kalon” majmuasida, ochiq osmon ostida tashkil etilib, unda barcha viloyatlardan kelgan jami 53 ta jamoa qatnashdi. Jamoaviy bahslarda IIV Samarqand akademik liseyining “IIV Samarqand AL” jamoasi faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Turnir yakunida gʻolib jamoalarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari Dilshod Kenjaev va Buxoro viloyat hokimligi maʼsullari tomonidan diplom hamda qimmatbaho esdalik sovgʻalari topshirildi. 


IIV Samarqand akademik liseyi.