Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda Ichki ishlar vazirligi masʼul xodimlaridan iborat ishchi guruh Buxoro viloyatida oʻrganishlar olib bormoqda. Jumladan, IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshligʻining oʻrinbosari, Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshligʻi, polkovnik Baxtiyor Berdialiyev boshchiligidagi guruh aʼzolari Buxoro shahar, Olot hamda Qorakoʻl tumanlarida jinoyatchilikni jilovlash, huquqbuzarliklar profilaktikasini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar holatini oʻrganishdi.

Shuningdek, ishchi guruh bilan hamkorlikda Buxoro viloyatining markazi hamda barcha shahar va tumanlarda "Xavfsiz tun" tadbiri harakatga keltirildi.

 

Buxoro viloyati IIB axborot xizmati.