Viloyat IIB HPB Xotin-qizlar masalalari boʻyicha boʻlimi hamda Tadbirkor ayol assosiyasiyasi masʼullari hamkorlikda jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshab kelgan xotin-qizlarni sogʻlom hayot tarziga qaytarish, ularning muammolarini oʻrganib, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish istagi mavjud xotin-qizlarni kasb-hunarga oʻrgatish, ish faoliyatini boshlashlari uchun kredit mablagʻlarini ajratish borasida mavjud imkoniyatlardan foydalanish yuzasidan seminar trening oʻtkazildi. Seminar davomida ularga huquqiy va psixologik maslahatlar berildi.

 Jumladan, Buxoro shahar Olim Xoʻjaev nomli mahallada yashovchi, muqaddam JKning 168-moddasi bilan sudlanib, 2021 yilning fevralʼ oyida JIEMdan qaytgan D.Z. ismli ayolga oʻz tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun Xalq banki bilan hamkorlikda imtiyozli kredit ajratish masalasini hal qilish choralari koʻrildi. Shuningdek, Gʻijduvon tumanida yashovchi, muqaddam JKning 97-moddasi 2-qismi bilan sudlanib, 2021 yil aprelʼ oyida JIEMdan qaytgan M.M. «Ayollar daftari»ga kiritilib, 3 oylik oʻquv kursida kasbga oʻqitish uchun yoʻllanma oldi.

Vobkent tumanida yashovchi, muqaddam JKning 169-moddasi bilan sudlanib, 3 oy muqaddam JIEMdan qaytgan R.N. ni tadbirkorlikka oʻqitish maqsadida tumanning 2-sonli mahalliy markaziy maxsus maktabiga kasbga oʻqitish kursiga hamda Gʻijduvon tumanida yashovchi muqaddam JKning 97-moddasi 2-qismi bilan sudlanib, joriy yilning may oyida JIEMdan qaytgan H.D. ga kompʼyuter kurslariga oʻqishi uchun bepul yoʻllanma berildi.

Ogʻir ijtimoiy ahvoldagi xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligini taʼminlash orqali daromadga kiritish borasida olib borilayotgan keng koʻlamli ishlar bundan keyin ham hamkor tashkilotlar bilan birgalikda barcha shahar va tumanlarda davom ettiriladi.


Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati.