Guliston shahrida Sirdaryo viloyati IIB organlarida xizmat olib borayotgan, fidoyiligi bilan barchaga oʻrnak boʻlayotan bir guruh xodimlar ragʻbatlantirildi.
Shu munosabat bilan boʻlib oʻtgan tadbirda xodimlarning huquq-tartibot va qonuniylikni mustahkamlash, xalqimiz osoyishtaligini taʼminlash, jinoyat va huquqbuzarliklarni bartaraf etish borasida mardlik, jasorat va fidoyilik namunalarini koʻrsatib kelayotgani eʼtirof etildi.
Tadbirda ularning bir nechtasi Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining tashakkurnomasi hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Abdurahmon MUSTAFOQULOV,
“Postda” muxbiri.
Sirdaryo viloyati.
