Qashqadaryo viloyatida joylashgan umumtaʼlim maktablarida ham oʻquvchilar bilan bogʻliq YTHlarni oldini olish maqsadida nazariy va amaliy mashgʻulotlar oʻtkazilmoqda. “Diqqat bolalar” profilaktik tadbiri doirasida yoʻlning qatnov qismida joylashgan maktablarda erta tongdan YPX inspektorlari oʻquvchilarning harakat xavfsizligini taʼminlayapti.