Jizzax viloyati Zomin tumani IIB 1-son IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi tayanch punktlari profilaktika katta inspektori, podpolkovnik Alisher Almatov sohadagi faoliyatini 2003 yilda boshlagan. Oʻtgan 20 yildan oshiq vaqt davomida qaysi lavozimda ishlamasin, zimmasidagi vazifalarga masʼuliyat bilan yondashishi, qonunbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurash borasida hamkasblariga ibrat boʻlmoqda.
Jumladan, yaqinda oʻzi masʼul boʻlgan «Qayirma» mahallasi hududidagi dala hovlidan suv nasosi, ovoz kuchaytirgich, changyutgich, elektr pechi va suv isitish qurilmasi oʻgʻirlanishi bilan bogʻliq jinoyatni fosh qildi. Natijada, qonunbuzarlikni sodir etgan shu mahallada yashovchi B.I. hamda «Duoba» mahallasida istiqomat qiluvchi J.M. dan qiymati 6 million 700 ming soʻmlik elektrotexnika uskunalari hujjatlashtirib olinib, jabrlanuvchiga qaytarildi.
Alijon ABDUSATTOROV,
oʻz muxbirimiz.
