Soha fidoyisi
Yurtimiz tinchlik-osoyishtaligi yoʻlida oʻzining fidoyi xizmatlarini ayamasdan xizmat qilib kelayotgan harbiylarimizdan biri, II darajali serjant Yigitali Umarov. U 1989 yilning 4 sentyabr kuni Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida tugʻilgan.
Ilk faoliyatini 2012 yilda IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli poytaxtimizdagi 7531-harbiy qismda mutaxassis-oʻqchi lavozimida boshlagan. Ustozlarining yordami bilan kasb sirlarini mukammal egalladi. Hozirda oʻzining intiluvchanligi va tashabbuskorligi bilan barchaga oʻrnak boʻlib kelyapti. U Qorovul qoʻshinlariga qarashli 7534-harbiy qism kadrlar boʻlinmasi katta texnik-masʼul ijrochisi lavozimida xizmat qilayotir.
Oʻtgan davr davomida zimmasidagi vazifalarni bajarish barobarida askarlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiy intizomni mustahkamlashga ham oʻzining munosib hissasini qoʻshmoqda. Shu bois jamoaning hurmat-eʼtiboriga sazovor boʻlgan. Yigitali Umarov turmush oʻrtogʻi Dilshoda Berdiyorova bilan birgalikda ikki nafar farzandni tarbiyalab voyaga yetkazmoqda.
Kasbidan qadr topib, fidoyi xizmatlari uchun rahbariyat tomonidan koʻp bora ragʻbatlantirilgan bu tinib-tinchimas yigit kelajakda oliy maʼlumotli ofitser boʻlish uchun astoydil intilmoqda.
Oʻz muxbirimiz.