IIV Malaka oshirish instituti va «Oʻzbekgidroenergo» AJning qoʻshma «Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlarini tayyorlov kursi boʻyicha» oʻquv dasturi asosida institutning Bektemir tumani oʻquv bazasida 90 soatlik mashgʻulotlar oʻtkazildi.
Oʻquv kursida oʻqotar qurollar va maxsus vositalardan toʻgʻri foydalana olish, qoʻriq¬lashga olingan obʼektlarning ishonchli qoʻriqlanishi va xavf¬siz¬ligini taʼminlash, murakkab vaziyatlarda toʻgʻri qaror qabul qiladigan, yuqori jangovar, axloqiy-maʼnaviy va ruhiy fazilatlarga ega idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlarini tayyorlashga qaratildi. Shu sababli, jangovar, jismoniy, kasbiy, psixologik va huquqiy tayyorgarlik mashgʻulotlariga alohida eʼtibor berildi.
Oʻquv yigʻini davomida tinglovchilar oʻqotar qurollardan foydalanish va ularni qoʻllashning xuquqiy asoslari, maxsus vositalarning turlari, ulardan foydalanish tartibi, birinchi tibbiy yordam koʻrsatish, kasbiy hamda psixologik bilimlar boʻyicha bilimlarga ega boʻldi.
Oʻquv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan xodimlarga belgilangan namunadagi sertifikatlar topshirildi.
Sherali ANVAROV,
IIV Malaka oshirish instituti boshligʻining
Matbuot kotibi, podpolkovnik.
