Buxoro viloyati ichki ishlar organlarida uzoq yillar el-yurt tinchligi yoʻlida fidokorona xizmat qilib, bir nechta shogirdlarga ustozlik qilgan faxriylar koʻpchilikni tashkil etadi. “Keksalar haftaligi” oyligi doirasida hamda “Tezkor boʻlinmalarda pensiyaga chiqqan xodimlarni xotirlash va qadrlash kuni” bayrami munosabati bilan viloyat IIB boshligʻi birinchi oʻrinbosari Erkin Safarov boshchiligidagi mutasaddi rahbarlar tomonidan ichki ishlar organlarining bir qator ana shunday faxriylari holidan xabar olindi. Jumladan, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Tezkor-tergov qidiruv xizmati rivoji yoʻlida uzoq yillar samarali xizmat qilib, hozirda pensiyaga chiqqan faxriylar xonadoniga borildi. Ularga viloyat IIB boshligʻi, polkovnik Sh.Aliyevning bayram tabrigi yetkazildi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati.
