“Davlat xizmatchisi va liderlar” loyihasi bu gal Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Boshqarma boshligʻi, polkovnik Adil Ataxodjaev bilan yoshlar oʻrtasida ochiq muloqot oʻtkazildi. Muloqot davomida A.Ataxodjaev soʻnggi yillarda ichki ishlar tizimida amalga oshirilgan islohotlar va kelgusidagi ustuvor maqsadlar borasida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi. Uzoq yillik faoliyati, ish tajribasi, rahbarlik masʼuliyati haqidagi fikrlari ham yosh liderlar uchun mahorat maktabi boʻldi.

Shundan soʻng liderlar yangi tashkil etilgan “Mehnat va shuhrat” muzeyi bilan tanishdilar. Boshqarma hududidagi “Xotira” maydonida ham boʻlib, xizmat burchini bajarish vaqtida mardlarcha halok boʻlgan ichki ishlar organlari xodimlari yod etildi. Shu bilan birga, ichki ishlar tuzilmalari, texnikalaridan iborat maxsus koʻrgazmalar namoyish etildi.

Feruza OTAXONOVA,

“Postda” muxbiri.

Namangan viloyati.