Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qashqadaryo viloyati boʻlimida “Bir nuroniy oʻn nafar yoshga masʼul” koʻrik-tanlovining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda viloyatdagi shahar tumanlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan nuroniylar oʻzaro bellashdi.

Tanlovda viloyat IIB Faxriylar kengashi raisi, Qarshi shahridagi Alisher Navoiy nomli mahalla fuqarolar yigʻini raisining nuroniylar ishlari boʻyicha maslahatchisi, isteʼfodagi polkovnik Sodiq Islomov ham ishtirok etib, faxrli birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi va 1-darajali diplom va pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Endi gʻolib tanlovning respublika bosqichida ishtirok etadi.                                                                                  

Sodiq RAHIMOV,

oʻz muxbirimiz.

Qashqadaryo viloyati.