Joriy yilning 28-iyul kuni Fargʻona shahrida boʻlib oʻtgan Ichki ishlar vazirligining kengaytirilgan hayʼat yigʻilishida mamlakatimiz Prezidenti tomonidan qonunbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha bir qator vazifa va topshiriqlar berilib, sohada yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar tanqid qilindi. Oʻz navbatida ana shu topshiriq va vazifalarni bajarish hamda mavjud nuqsonlarni bartaraf etish maqsadida Jizzax viloyati ichki ishlar organlari, prokuratura, xalq taʼlimi, bandlik, sogʻliqni saqlash, yoshlar ishlari agentligi kabi idora va tashkilotlar masʼullari ishtirokida tadbir tashkil etildi. 

Yigʻilishda joriy yilning birinchi yarmida sodir etilgan jinoyatlar mahallalar kesimida tahlil etildi. Ayrim hududlarda yuzaga kelgan kriminogen vaziyat boʻyicha masalaga aloqador mutasaddilarning hisobot va izohlari tinglandi. Shuningdek, qizil toifadagi mahallalarda profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, mazkur jarayonda aholining ishtirokini jonlantirish, ommaning huquqiy bilimlarini yuksaltirish hamda yoshlar bandligini taʼminlash va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan rejalar belgilab olindi.    

Alijon ABDUSATTOROV,

oʻz muxbirimiz.

Jizzax viloyati.