Fargʻona viloyatida “Kibermakonda sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish haftaligi” (Cyber-Week) yakuniga yetdi.

Haftalik doirasidagi eng muhim tadbir – “Kiberxavfsizlik bilimdonlari” intellektual oʻyinining final bosqichi Margʻilon shahridagi “IT markazda” oʻtkazildi.

Qizgʻin bahslarga boy boʻlgan oʻyin yakunida Oʻzbekiston tumani 1-oʻrinni, Bagʻdod tumani 2-oʻrinni, Margʻilon shahar jamoasi esa 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi. 

Shuningdek, tadbir soʻnggida TATUning Fargʻona filiali, IT-park Fargʻona filiali hamda Fargʻona viloyati IIB oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Abduvosit SIDIQOV,

“Postda” muxbiri.

Fargʻona viloyati.