Respublika ishchi guruhi ayni kunlarda Buxoro viloyatida oʻrganishlar olib bormoqda. Xususan, IIV Akademiyasi masʼullari jamoat xavfsizligini taʼminlash faoliyatini tashkil etish boʻyicha ishlab chiqilgan Buxoro tajribasini targʻib qilish ishlariga koʻmaklashmoqda.

Shuningdek, Buxoro shahar IIO FMB profilaktika inspektorlari bilan boʻlgan uchrashuvda jinoyatchilikni jilovlash maqsadida ilmiy asoslangan xulosalardan kelib chiqib ishlab chiqilgan metodik qoʻllanma toʻgʻrisida mashgʻulotlar oʻtkazildi. Bunda kriminogen vaziyat va salmogʻi yuqori boʻlgan jinoyatlar tahlili, ularning sodir etilish sabablari va unga imkon bergan shart-sharoitlar muhokama qilinib, ularning barvaqt profilaktikasini tashkil etish boʻyicha taklif va tavsiyalar berildi.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati.