Sir emaski, bugungi kunda sodir boʻlayotgan yoʻl-transport hodislarining kelib chiqishida qaysidir darajada issiq ob-havoning taʼsiri bor. Chunki, bunday ob-havo sharoiti har qanday kishini toliqtirib qoʻyishi turgan gap. Bunday paytda uzoq yoʻlga chiqqan haydovchilar va yoʻlovchilardan yanda hushyorlik talab qilinadi.

Shu kabi koʻngilsiz holatlarning oldini olish maqsadida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, Toʻrtkoʻl tumani “Miskin” YPX maksanida tungi payt xizmat olib borayotgan xodimlar haydovchilarni hushyorlikka chorlab, charchoq holatida avtomobilʼ boshqarmaslik boʻyicha tushuntirish berishmoqda. Shu bilan birga, ularga salqin ichimlik va kofelar ulashishmoqda.

Azamat Pirniyazov, 

“На посту” muxbiri.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi.