Buxoro viloyati IIB JXX YHXB xodimlari ishtirokida jamoatchilik bilan ishlash borasida koʻnikmalarni oshirishga doir oʻquv seminari oʻtkazildi. Seminarda viloyat IIB Axborot xizmati boshligʻi, podpolkovnik Sh.Jalolov ochiqlik sharoitida xizmatni qanday olib borish, ichki ishlar organlari va jamoatchilik nazorati subyektlarining oʻzaro hamkorligi qanday boʻlishi kerakligi, axborot tarqatish jarayonida qanday huquq va majburiyatlar mavjudligi, nopok jamoatchilik vakillaridan qanday himoyalanish kerakligi xususida atroflicha tushuntirishlar berildi.

M.AHADOV,

oʻz muxbirimiz.