IIV Navoiy akademik litseyida mamlakatimiz mustaqilligining 32 hamda “Bilimlar kuni” munosabati bilan “Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida tadbir tashkil etildi.

Tantanali tadbirda viloyat IIB boshligʻi oʻrinbosari, podpolkovnik Shokir Sadikov Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining mustaqillik bayrami munosabati bilan yoʻllagan bayram tabrigini oʻqib eshittirdi. 

Tadbir davomida IIV Navoiy akademik litseyi oʻquvchilarining taʼlim va sport sohasida erishgan natijalari, ayniqsa, bitiruvchilarning soʻnggi toʻrt yilda IIV Akademiyasiga va boshqa oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda yetakchilik qilib kelayotganligi aytib oʻtildi. Tadbirda litsey oʻquvchilari tomonidan sheʼrlaryod olindi, kuy va qoʻshiqlar ijro etildi. Qorovul qoʻshinlariga qarashli 7532-harbiy qism orkestr va jangovor guruh jamoalarining chiqishlari yigʻilganlarga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.

Tadbir doirasida soha faxriylari, viloyat din ishlari boʻlimi Shoniyoz hoji Jumayevlar ishtirokida oʻtkazilgan uch avlod uchrashuvi, ayniqsa, faxriylarning hayot yoʻli, faoliyati davomida sodir boʻlgan qiziqarli voqealardan soʻzlab bergani oʻquvchilarda katta qiziqish uygʻotdi. Bu kabi davra suhbatlari oʻsib kelayotgan yosh avlod qalbida bugungi kunga shukronalik, vatanparvarlik tuygʻularini shakllanishiga xizmat qilishi shubhasiz.

 

Mahliyo XOLOVA,

Oʻz muxbirimiz.

Navoiy viloyati