Kapitan Abdusadiqova Ыgʻbal Xudaybergen qizi 1993 yili Qoraqalpogʻiston Respublikasining Qonlikoʻl tumanida tugʻilgan. 2016 yilda IIV Akademiyasini muvaffaqiyatli tamomlagan. Ilk xizmat faoliyatini mazkur yili Qoʻngʻirot tumani IIB Tergov boʻlinmasi tergovchisi lavozimida boshlagan yosh xodim oʻzining kasb mahoratini yanada oshirib, hozirda Qonlikoʻl tumani IIB HPB Xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektor lavozimida faoliyat olib bormoqda.
Ы. Abdusadiqova tomonidan oʻtgan yili taziyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan 61 nafar, joriy yilning shu kuniga qadar esa, 58 nafar xotin-qizlarga «Himoya orderi» berildi. Shuningdek, mazkur yilda tuman hududida xotin-qizlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirgan profilaktik ishlar natijasida birorta ham jinoyat sodir etilmadi.
Bundan tashqari, Ы. Abdisaliqovaning oʻz xizmat vazifasiga fidoyilik bilan yondoshuvi sababli joriy yilda 16 nafar ishsiz xotin-qizlarning bandligi taʼminlanib, 15 nafar ruhiy xastaligi bois roʻyxatda turgan xotin-qizlar Respublika psixonevrologik dispanseriga daʼvolanish uchun yotqizildi. Shu bilan birga, u hududdagi kam taʼminlangan 3 nafar ayolga, ularning fuqarolik pasportini olish uchun oʻz hisobidan toʻlov oʻtkazib berdi. Hukumatimiz tomonidan amaliyotga joriy etilgan «Ayollar daftari»ning imkoniyatlarini toʻliq amalga oshirishda ham faol ishtirok etib kelmoqda. Xususan, mazkur daftarga kiritilgan xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularga zarur boʻlgan yuridik, psixologik, tibbiy va boshqa yordamlarning koʻrsatilishida munosib hissasi bor.
Masalan, tumanda oʻtkazilgan uchrashuvlar chogʻida T. ismli ayol pul topish uchun xorijga ishga ketmoqchi ekanligini, lekin imkoniyat opa olmayotganini aytadi. Uning ustiga ayolning yosh farzandi bor edi. Shu boisdan uni tumandagi «Kantekst invest» korxonasiga ishga joylashtirdi.
Azamat PIRNIYAZOV,
«Postda» muxbiri.
