Safdor Sunnatullaev Temur Ikrom oʻgʻli 1996 yilning 14 martida Toshkent viloyatining Oʻrtachirchiq tumanida tugʻilgan. 2014 yili mazkur tuman Milliy hunarmandchilik dizayn va servis kasb-hunar kollejini muvaffaqiyatli tamomlagan.
Ilk xizmat faoliyatini 2017 yilda Toshkent shahar IIBB Patrulʼ-post brigadasi 1-batalʼon 5-otryadida safdor xodim lavozimida boshlagan yosh xodim soha sirlarini mukammal oʻrganib, hozirgacha ushbu lavozimda xizmat qilib kelmoqda.
Shu bilan birga, tinib-tinchimaydigan bu xodim joriy yilning oʻtgan davri mobaynida 255 nafar fuqaroning shaxsini aniqlash maqsadida hamda jamoat joylarida mast holatda yurgan 22 nafar shaxslarni ichki ishlar boʻlimlariga olib bordi.
Bundan tashqari, karantin qoidalarini buzgan 9 nafar fuqaroni aniqlash bilan birga, 15 ta jinoyatni “issiq izida” fosh etdi.
Masalan, shu yilning 9 aprelʼ kuni soat taxminan 10:30 larda Toshkent shahar Bektemir tumani hududida yangiyoʻllik T.S. Oʻrtachirchiq tumanida istiqomat qiluvchi Z.B. ning pullarini umarayotgan paytida mazkur hududda xizmat burchini bajarayotgan safdor T. Sunnatullaev tomonidan qoʻlga olinadi.
Shu sababli, xizmat faoliyati davomida yuqori natijalarni qoʻlga kiritib kelayotgan safdor Temur Sunnatullaevning xizmatlari rahbariyat tomonidan ham ijobiy baholanib, bir necha marotaba ragʻbatlantirilgan.
Mixli SAFAROV,
“Postda” muxbiri.
