Safdor Meyliev Sherzod Rahimovich 1981 yilning 7 yanvarʼ kuni Qarshi shahrida tugʻilgan. 1998 yilda mazkur shahar Sanoat kasb-hunar kollejini muvaffaqiyatli tamomlagan.

Ilk xizmat faoliyatini Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi “Shoʻrtangaz kimyo majmuasi” unitar shoʻʼba korxonasi obʼektlarini qoʻriqlash boʻyicha alohida milisiya batolʼoni 2-milisiya otryadi milisoneri lavozimida boshlagan yosh xodim oʻtgan davr mobaynida soha sir-asrorlarini mukammal egallab, hozirda viloyat IIB Patrulʼ-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Patrulʼ-post xizmati batalʼoni saf boʻlinmalari 1-otryad boʻlinma komandiri lavozimda samarali xizmat qilib kelmoqda.

Shuningdek, tinib-tinchimas jonkuyar xodim joriy yilning boshidan bugunga qadar, 198 nafar fuqaroning shaxsini aniqlash maqsadida hududiy tayanch punktlariga hamda jamoat joylarida mast holatda yurgan 67 nafar shaxslarni esa, viloyat Narkologiya dispanseriga olib bordi.

Bundan tashqari, karantin qoidalarini buzgan 65 nafarga yaqin fuqaroni aniqlash bilan birga, 3 ta jinoyatni ham “issiq izida” fosh etilishiga erishgan.

Shu sababli, faoliyati davomida ijobiy natijalarga erishib kelayotgan safdor Sherzod Meylievning xizmatlari rahbariyat tomonidan ham ijobiy baholanib, koʻplab marotaba ragʻbatlantirilib kelinyapti.

Mixli SAFAROV,

“Postda” muxbiri.