Safdor Saidmurodov Jamshid Samad oʻgʻli 1990 yilning 4 noyabrida Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida tugʻilgan. 2009 yilda Qarshi iqtisodiyot kollejini muvaffaqiyatli tamomlaydi.

Ichki ishlar organlari tizimidagi ilk xizmat faoliyatini 2010 yili Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Qoʻriqlash boshqarmasi “Muborakneftgaz” unitar shoʻʼba korxonasiga qarashli obʼektlarni qoʻriqlash boʻyicha 2-Alohida militsiya batalʼoni militsioneri lavozimida boshlagan bu yigit oʻtgan davr mobaynida ustozlari yordamida soha sir-asrorlarini mukammal egallab, hozirda ushbu viloyat IIB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi patrul-post xizmati bataloni saf boʻlinmalari ijtimoiy-siyosiy, ommaviy-madaniy tadbirlarni oʻtkazishda xavfsizlikni taʼminlash otryadi “Ezgulik” patruli maxsus guruh safdor xodimi lavozimda samarali xizmat qilib kelmoqda.

Bundan tashqari, doimo oʻz ustida tinimsiz ishlaydigan fidoyi xodim oʻtgan yil boshidan hozirga qadar, 720 nafardan ortiq fuqaroning shaxsini aniqlash maqsadida hududiy Iiblarga olib bordi hamda jamoat joylarida mast holatda yurgan 15 nafar shaxsga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirdi.

Shuningdek, mamlakatimizdagi karantin qoidalarini buzgan 35 nafar fuqaroni aniqlash bilan birga, 3 ta jinoyatni ham “issiq izida” fosh etilishiga erishdi.

Shu boisdan, faoliyati davomida yuqori natijalarga erishib kelayotgan safdor Jamshid Saidmurodovning xizmatlari rahbariyat tomonidan ham munosib baholanib, koʻplab marotaba ragʻbatlantirib kelinmoqda.

Mixli SAFAROV,

“Postda” muxbiri.