1994 yil Chiroqchi tumanida tugʻilgan. 2018 yil IIV Akademiyasini tamomlagan. Hozirgi kunda Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tergovchisi lavozimida xizmat qilmoqda.

Katta leytenant Mirshohid Baxtiyorov oʻzining halol mehnati, fidokorona xizmat faoliyati orqali ishonchga sazovor boʻlmoqda, desak, mubolagʻa boʻlmaydi. U xizmat faoliyati davomida oʻzini tashabbuskor xodim, masʼuliyatli tergovchi sifatida namoyon etib kelmoqda. Qahramonimiz dastlabki tergov olib borgan jinoyat ishlarining deyarli barchasida fuqarolar uning xush muomalasi va tirishqoqligi, yetkazilgan zararni qoplashdagi saʼy-harakatlaridan minnatdor.

2021 yilning dastlabki toʻrt oyida ogʻir va oʻta ogʻir turdagi 12 ta jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov harakatlarini olib borib, ushbu jinoyatlarning kelib chiqish sabablari va ularga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish borasida jami 10 ta taqdimnoma kiritib, ularning muhokamalarida qatnashgan. Bulardan tashqari, u qonunchilik targʻiboti hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi tadbirlarda muntazam faol ishtirok etib keladi.

– Katta leytenant Mirshohid Baxtiyorov oʻz ustida muntazam ishlaydi, – deydi Tergov boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, mayor A.Joʻraev. – Har bir murojaat ortida inson taqdiri yotishini chuqur anglab, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda hamkasblariga oʻrnak boʻlib kelmoqda.

Mirshohid Baxtiyorov yuqorida koʻrsatilgan yutuqlar bilan chegaralanib qolmasdan, hozirgi kunda oʻtkaziladigan kasbiy, huquqiy, ijtimoiy tadbirlarida faol qatnashib, ichki ishlar organi xodimi degan yuksak nomga munosib ekanligini har tomonlama isbotlashga harakat qilib kelmoqda. Oʻz tanlagan kasbini sevadi va bundan faxrlanadi.

Sodiq RAHIMOV,

“Postda” muxbiri.

Qashqadaryo viloyati.