Saidburxon Ismonov 1990 yilda Fargʻona viloyatining Quva tumanida tugʻilgan. Ichki ishlar organlardagi xizmat faoliyatini 2020 yilda boshlagan.
Hozirgi kunda Quva tumanidagi “Ittifoq” mahalla fuqarolar yigʻiniga xizmat koʻrsatuvchi huquq-tartibot maskanida profilaktika inspektori lavozimida xizmat qilmoqda.
Leytenant Saidburxon Ismonov jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va sodir etilganlarini fosh etishda ham faollik koʻrsatib kelmoqda.
Shu yilning 22 fevral kuni fuqaro E.Ermatov tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi nomiga ariza bilan murojaat qilib, 15 fevraldan 16 fevral kuniga oʻtar kechasi nomaʼlum shaxs hovlisiga yashirin ravishda kirib, qoʻyxonasidan 3 bosh qoʻyini oʻgʻirlab ketganini maʼlum qilgan. Oʻgʻrini topib, unga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, surishtiruv harakatlari olib borilayotgan edi.
Ushbu jinoyatni fosh etishda leytenant Saidburxon Ismonov faollik koʻrsatdi. Oʻgʻirlikda gumon qilinagan shaxs qoʻlga olinib, tergovga jalb qilindi.
Abduvosit SIDIQOV,
“Postda” muxbiri.
Fargʻona viloyati.
