Fargʻona viloyatining Oltiariq tumanida tugʻilgan. U Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni oʻtagach, kontrakt asosida xizmatni davom ettirishga qaror qildi. 

Safdor A.Hamroqulov, mana, 8 yildirki, IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlari qoʻmondonligiga qarashli 7255-harbiy qismda xizmat qilib kelmoqda. U soʻnggi ikki yil davomida harbiy qismning alohida vazifalarni bajaruvchi vzvodining jangovar tayyorgarlik boʻyicha instruktori sifatida faoliyat olib bormoqda. Qahramonimiz sport ustaligiga nomzod. 

Yaqinda u sportda eng zoʻrlardan biri ekanini yana bir bor isbotladi. Andijon viloyatida kuch ishlatuvchi tuzilmalar xodimlari oʻrtasida koʻpkurash boʻyicha oʻtkazilgan musobaqada gʻoliblikka sazovor boʻldi. 

Safdor A.Hamroqulov xizmatdan boʻsh vaqtlarida milliy kurash boʻyicha oʻtkaziladigan respublika musobaqalariga tayyorgarlik koʻradi va sovrinlarsiz qaytmasligiga qatʼiy ishonadi.

Boris KLEYMAN.

Andijon viloyati.