Namangan viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosari, podpolkovnik Talʼat Mamatqulov huzurida Uychi tumani IIB xodimlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi 10-sonli qarori mazmun-mohiyati, xizmat va ijro intizomi hamda qonuniylikni mustahkamlashga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Tadbirda xodimlarga mazkur qaror bilan tasdiqlangan "Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi" toʻgʻrisida tushuntirish berildi.

Shuningdek, oʻtgan davr mobaynida boʻlim xodimlari tomonidan yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar tanqidiy muhokama etilib, kamchiliklarga yoʻl qoʻygan rahbar va xodimlar intizomiy jazolanishi boʻyicha ogohlantirib oʻtildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati.