1992 yilda Namangan viloyati Chust tumani Axcha qishlogʻida tugʻilgan. 2017 yilda Namangan muhandislik-texnologiya institutini tamomlagan. Nodirjon Qurbonaliyev ilk faoliyatini Chust tumani “Yetti qoʻrgʻon” Mfyda profilaktika inspektori yordamchisi lavozimidan boshlagan. Mazkur MFY profilaktika inspektori kapitan Islomjon Rustamovdan soha sir-asrorlarini oʻrgangan. Tinim bilmay qilayotgan mehnati, harakati samarasi oʻlaroq rahbariyat eʼtiboriga tushdi. Va koʻp oʻtmay 2020 yilda Chust tuman “Qiziltepa” Mfyga profilaktika inspektori lavozimiga tayinlandi. Yosh boʻlishiga qaramay safdoshlarining hurmatini qozongan. Hozirda oʻziga biriktirilgan mahalla obod va tinch boʻlishi uchun fidoyilik bilan xizmat qilib kelmoqda. Mahalla faollari hamda jamoatchilik vakillari bilan yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻygan. Mahalladagi kam taʼminlangan oilalar, yoshlar bilan muntazam muloqotda.

Joriy yil boshidan hozirgacha 50 ga yaqin maʼmuriy huquqbuzarlik holatlarini aniqlab, bayonnomalar rasmiylashtirdi. 50 nafarga yaqin fuqaroning murojaatini oʻrganib, ularning ijobiy hal qilinishiga oʻz hissasini qoʻshdi. Faoliyati davomida ijobiy natijalarga erishib kelayotgan leytenant Nodirjon Qurbonaliyevning xizmatlari rahbariyat tomonidan ham munosib baholanib, koʻp marotaba ragʻbatlantirilgan.

 Feruza OTAXONOVA,

 «Postda» muxbiri.

Namangan viloyati.