IIV Fargʻona akademik litseyi oʻquvchilarining ichki ishlar organlari faoliyatiga oid bilim va koʻnikmalarini shakllantirish, sohaga boʻlgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida turli oʻquv mashgʻulotlari, ekskursiyalar, ochiq eshiklar kuni tadbirlari tashkil qilinmoqda.

Yaqinda bir guruh litsey oʻquvchilari ustozlari hamrohligida Fargʻona viloyati IIB birinchi mintaqaviy hudud patrul-post xizmati batalʼonida boʻlib, xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni koʻzdan kechirdilar. Shu yerda koʻrgazmali sayyor oʻquv mashgʻuloti tashkil etildi.

Malakali mutaxassislar oʻquvchilarga batalʼonda yaratilgan imkoniyatlar, xizmatda foydaniladigan transport vositalari, texnik jihozlar, qurol-aslahalar, xizmatni tashkil qilish tartibi-qoidalari haqida soʻzlab berishdi.

Tadbir davomida oʻquvchi-yoshlar patrul-post xizmati faoliyatiga oid oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.

Abduvosit SIDIQOV,

“Postda” muxbiri.

Fargʻona viloyati.