IIV Namangan Akademik liseyida Samarqand shahrida boʻlib oʻtadigan Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti va uning ahamiyati boʻyicha davra suhbati boʻlib oʻtdi.
IIV kasbiy tayyorgarlik boshqarmasi katta inspektori, kapitan Javohir Bozorboev, viloyat IIB kasbiy tayyorgarlik boʻlimi boshligʻi, podpolkovnik Nuriddin Rahimov, lisey direktori, mayor I. Burxonov Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar oʻrtasida oʻzaro ishonch va yaxshi qoʻshnichilikni mustahkamlash hamda siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy, shuningdek, taʼlim, energetika, transport, turizm, atrof-muhitni muhofaza qilish, mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash, terrorizm, ekstremizm va ayirmachilikka qarshi birgalikda kurashish masalalari boʻyicha hamkorlikda keng koʻlamli ishlar amalga oshirilishini taʼkidladilar. Tadbirda hozirgi davrdagi siyosiy vaziyat ushbu tashkilotning faoliyati Oʻzbekistonning tashqi siyosati hamda savdo iqtisodoy munosabatlarida qanchalik muhim ekanligi taʼkidlab oʻtildi.
Davra suhbati yakunida akademik lisey talabalari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.
Gulchehra BUVAMIRZAYEVA,
“Postda” muxbiri.
Namangan viloyati.
