IIV Buxoro akademik litseyida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati masʼul xodimlari tashabbusi bilan “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi. Uchrashuvda uzoq yillar davomida ichki ishlar organlari tizimida turli rahbarlik lavozimlarida xizmat qilib, yosh avlodga oʻrnak va namuna boʻlib kelayotgan faxriy ustozlar oʻzlarining boy amaliy tajribalari haqida xodimlar hamda litsey oʻquvchi yoshlariga soʻzlab berishdi.
Mazkur uchrashuvda IIV Akademiyasi masʼul xodimi ishtirok etib, oxirgi uch yil davomida akademiyani tugatgan yosh xodimlar tomonidan sodir boʻladigan salbiy holatlarning oldini olish hamda jinoyat va huquqbuzarliklarni kamaytirishda eʼtibor qilinishi lozim boʻlgan jihatlarga toʻxtalib oʻtdi. Uchrashuv soʻngida akademik litseyda joylashgan, viloyat ichki ishlar organlarining shonli tarixi aks etgan “Jasorat” tarixiy muzeyi boʻylab sayohat tashkil etildi.
Jasurbek SHUKURLAYEV,
