IIV stomotologiya poliklinikasida “Yilning eng yaxshi tibbiy hamshirasi” koʻrik-tanlovining mazkur muassasa bosqichi boʻlib oʻtdi.
Ichki ishlar vazirligi tashabbusi bilan tizimdagi tibbiyot xodimlarining kasbiy bilim va koʻnikmalarini yanada mustahkamlash hamda ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida har yili anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan koʻrik tanlovda bir-biridan zukko, oʻz sohasining bilimdoni boʻlgan hamshiralar bellashuv shartlari boʻyicha qizgʻin bahslashishdi.
Va nihoyat yakuniy ballarga koʻra, faxrli birinchi oʻrinni mazkur tibbiyot muassasasining terapiya boʻlinmasi katta hamshirasi Surayyo Rahmonqulova, ikkinchi oʻrninni tor mutaxassislar boʻlinmasi hamshirasi Zulfiya Fayzixonova, uchinchi oʻrinni ortopediya boʻlinmasi hamshirasi Yulduz Karimova qoʻlga kiritdi.
Tadbir soʻnggida gʻoliblarga tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho esdalik sovgʻalari hamda pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.