Viloyat IIB JTSB Karantin tadbirlarini taʼminlash boʻlinmasi hamda Buxoro shahar Veternariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi xodimlari hamkorligida nazorat-reyd tadbirlari olib borildi. Tadbir oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini taʼminlash maqsadida oʻtkazildi.
Nazorat-reyd tadbirlari davomida fuqaro F.D. avtotransport vositasida veterinariya-sanitariya qoidalariga zid ravishda 720 kg. ogʻirlikdagi tovuq goʻshti mahsulotlarini hech qanday birlamchi hujjatlarsiz sotish maqsadida olib ketayotganligi aniqlandi. Ushbu qonunbuzar fuqaroga nisbatan tegishli tartibda maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi va sudga taqdim etildi.
M.AHADOV,
“Postda” muxbiri.
Buxoro viloyati.
