Qorakoʻl tumani IIB xodimlari olingan tezkor maʼlumotlar asosida “Qoradori-2021” tezkor profilaktik tadbirini oʻtkazdi. Tadbirda tumanning “Quyi Yangibozor” mahallasida yashovchi, 1955-yilda tugʻilgan A.N.ning yashash uyi va yordamchi xoʻjaliklarida oʻtkazilgan tintuv tergov harakati davomida, ushbu xonadondagi temir seyfda (viloyat IIB Ekspert-kriminalistika boʻlimining sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga koʻra) sof vazni 7,74 grammga teng boʻlgan “koʻknor xashagi” hamda “opiy qoldigʻi”ni qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan A.N.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati.