IIV Malaka oshirish institutining Olmaliq shahridagi oʻquv bazasi maxsus oʻquv kursi tinglovchilari bilan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Olmaliq shahar boʻlinmasi, Oʻzmtdp shahar kengashi hamkorligida "Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz!" shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
Unda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi shahar boʻlinmasi bosh mutaxassisi I.Hoshimjonova, shahar "Maʼrifat" targʻibotchilar jamiyati aʼzolari L.Anorqulov va M.Egamqulova, Oʻzmtdp shahar kengashi mutaxassisi G.Mamatqulova ishtirok etdi. Tadbirda inson qadri va mamlakatimizda ushbu sohada olib borilayotgan islohotlar borasidagi fikr va mulohazalar bildirildi.
Tadbir davomida shoir Luqmon Musulmonning vatanni madh etuvchi sheʼrlari ishtirokchilarga oʻzgacha kayfiyat ulashdi.
Oʻz muxbirimiz.
