IIV JIED Toʻrtinchi mintaqaviy hududi mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi va 35-sonli manzil koloniyasi shaxsiy tarkibi oʻrtasida “Stressning oldini olish, maxsus kontingent va fuqarolar bilan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nizoli vaziyatlarni bartaraf etish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Seminar-treningda markaz katta psixologi, katta leytenant Shahzod Oʻrinov tomonidan xodimlarga oʻzini oʻzi boshqarish, nazorat qilish hamda muomalaga kirishish malakalarini shakllantirish hamda shaxsiy munosabatlarni rivojlantirish boʻyicha kerakli tavsiyalar berildi. Yakunda esa xodimlarni ruhiy quvvatlantiruvchi mashgʻulotlar oʻtildi.
Oʻz muxbirimiz.
