IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti Birinchi mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi psixologik taʼminlash guruhi xodimlari tomonidan shaxsiy tarkib ishtirokida psixologik-trening tashkil etildi.
Unga koʻra, muassasada xizmat qilayotgan har bir xodim bilan yakka tartibda suhbat oʻtkazilib, ruhiy holati oʻrganildi, shuningdek, ularning psixologik portretlari shakllantirildi. Shu bilan birga, osoyishtalik posbonlarida stress, depressiya hamda boshqa shunga oʻxshash salbiy holatlardan xolos boʻlish boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari, seminar treninglar oʻtkazib borilishi yoʻlga qoʻyildi.
Bundan koʻzlangan asosiy maqsad ham xodimlarning xizmat samaradorligini yanada oshirishdan iboratdir.
Murodulla RAJABOV,
mayor.
