Bir necha kun davomida Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi JIED tasarrufidagi jazoni ijro etish muassasalarining kasbiy tayyorgarlik guruhi xodimlarning bilim saviyasini va kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi.
Unda xodimlarga shaxsiy tarkib bilan saf koʻrigi va saf tayyorgarligi mashgʻulotlarini oʻtkazish tartibi, maxsus vositalar hamda jangovar oʻqotar qurollarni qoʻllash, ularning asosiy qism va mexanizmlarining tuzilishi, jangovar xususiyatlari, qurolni toʻliqsiz qismlarga ajratish va yigʻish tartibi Departamentning kasbiy tayyorgarlik boʻlimi malakali mutaxassislari tomonidan oʻrgatildi. Shuningdek, mashgʻulotlar davomida xodimlarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sohaga oid farmon va qarorlari hamda Ichki ishlar vazirining tegishli buyruqlarining mazmun-mohiyatini chuqurroq oʻrganishiga alohida eʼtibor qaratildi.
Xodimlar oʻquv mashgʻulotlari davomida olgan bilimlarini oʻz xizmat joylaridagi faoliyati davomida tadbiq etsalar, bu shaxsiy tarkibning kasbiy, xizmat va jangovar tayyorgarligini yanada oshirishda muhim omil boʻlishi shubhasiz.
Zoyir YOʻLDOSHOV,
leytenant.
