Namangan viloyati IIB boshligʻi, polkovnik Shuxrat Aliyev huzurida joriy yilining 11 oyi yakuni va tezkor profilaktik tadbirlarning "Dolzarb 40 kunligi" doirasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi
Viloyat hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, aholining ijtimoiy-maishiy muammolarini ijobiy hal etish borasida xodimlar tomonidan tunu kun amaliy ishlar olib borilmoqda.
Boshqarma boshligʻi oʻrinbosarlari, sohaviy xizmat rahbarlari, shahar-tuman IIB rahbariyati va boshqa masʼullar ishtirok etgan muhokama yigʻilishida viloyat hududi boʻylab oʻtkazilayotgan tezkor profilaktik tadbirlar natijalari atroflicha tahlil qilinib, bu borada yetarlicha ish tashkil etmagan masʼullar keskin tanqid qilindi.
Yigʻilish yakunida viloyatda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida hududlarga biriktirilgan masʼul rahbarlar bilan lozim chora-tadbirlar belgilandi. Shuningdek, joylarda xizmat qilayotgan profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikda ish tashkil etish, ularga amaliy yordam berish, kunlik profilaktik targʻibot hamda reyd tadbirlarini jadallashtirish, fuqarolar tinchligi va hudud osoyishtaligini taʼminlash yoʻnalishida ham tegishli vazifalar belgilanldi.
G. Buvamirzayeva,
oʻz muxbirimiz,
Namangan viloyati.
