Jizzax viloyati Baxmal tumani «Novqa» mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi, H.X. hamda A.Q. hududdagi toqqa ovga chiqqanlarida koʻngilsiz hodisa yuz berdi. Ular qaytayotgan vaqtda H.X. harakatlanishiga halal bergani uchun qurolini yerga tashlagan. Oʻz navbatida miltiqning qoʻndogʻi toshga urilib, otilib ketgan va sochma oʻqlar qurol egasining koʻkrak qafasiga tekkan. Jabrlanuvchi voqea joyida hayotdan koʻz yumdi. Sud-tibbiy ekspertizasi fuqaroning oʻlimiga oʻpka va jigar shikastlanishi, 4-,6-,7- qovurgʻalarning sinishi hamda ichki qon ketishi sabab boʻlganligini tasdiqlagan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda.  

Alijon ABDUSATTOROV,

“Rostda” muxbiri.

Jizzax viloyati.