“Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” bosh gʻoyasi asosida viloyatimizda bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Buxoro viloyati IIB Probatsiya boʻlimi binosida jinoyat ishlari boʻyicha Buxoro shahar sudi hamda shahar Probatsiya boʻlinmasi xodimlari bilan hamkorlikda sayyor sud majlisi tashkil qilindi. Sud majlisida shahar Probatsiya hisobida turgan, tuzalish yoʻliga kirgan, barcha cheklovlarga rioya qilib, sodir etgan jinoyatidan pushaymonda boʻlgan 9 nafar shaxs muddatidan ilgari shartli ravishda jazodan ozod etildi.
Z.EGAMBEDIYEV,
podpolkovnik.
Buxoro viloyati.
