Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida tuman IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi xodimlari tomonidan davra suhbati uyushtirildi.

“Yoshlar oʻrtasida giyohvandlikning tarqalishiga qarshi kurashish oyligi” tadbiri doirasida oʻtkazilgan davra suhbatida giyohvandlikning zarari va ayanchli oqibatlari haqida atroflicha soʻz yuritildi. Shuningdek, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishi bilan bogʻliq jinoyatlar uchun qonunda belgilangan javobgarlik borasida ishtirokchilarga maʼlumot berildi.

Yakunda ishtirokchilarning savollariga mutaxassislar batafsil javob qaytarishdi.

Oʻz muxbirimiz.

Qashqadaryo viloyati.