IIV Xorazm akademik litseyida bitiruvchi kurs oʻquvchilari hamda ularning ota-onalari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Uni litsey direktori, podpolkovnik L.Yaqubov ochib, bugungi kunda mazkur bilim dargohida oʻquvchilarga taʼlim-tarbiya berish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda yaratilgan shart-sharoitlar haqida batafsil maʼlumot berdi.
Tadbirda IIV Shxbbning Xorazm viloyati boʻyicha masʼul xodimi, mayor M.Hayitboyev soʻzga chiqib, IIV Akademiyasiga oʻqishga kirish jarayonlarida baʼzi nomzodlar va ularning ota-onalari hamda ayrim nopok kimsalar tomonidan sodir etilayotgan turli qonunbuzarlik holatlariga toʻxtalib oʻtdi. Ayniqsa, ota-onalar va oʻquvchilar firibgarlar tuzogʻiga tushib qolmasligi kerakligini alohida taʼkidlab oʻtdi.
Yigʻilishda bugungi oʻquvchi yoshlarimiz kelajakda yetuk va professional kadrlar boʻlib yetishishi lozimligi Ichki ishlar vazirligi rahbariyatining doimiy eʼtiborida ekanligi qayd etildi.
Behzod QURYOZOV,
podpolkovnik.
Xorazm viloyati.
